date

"Andijon" yangi transferini e’lon qildi: Golban klubga qo‘shildi

"Andijon" yangi transferini e’lon qildi: Golban klubga qo‘shildi

"Andijon" klubi navbatdagi transferni amalga oshirdi. Klub matbuot xizmati xabar berishicha, bu yilgi chempionatni "Nasaf" safida yakunlagan tajribali himoyachi Igor Golban 2026 yilgi mavsumda "Andijon" sharafini himoya qiladi.

Igor Golban 1990-yil 31-iyul kuni Rossiyaning Sochi shahrida tug‘ilgan. U o‘z faoliyatini Rossiya chempionatida boshlagan va "Jemchujina", "Sochi", "Lokomotiv", "Shinnik", "Ximki", Chexiyaning "Sigma" klublarida o‘ynagan. 2015-yilda O‘zbekistonga kelgan Golban shu vaqtdan beri "Qo‘qon-1912", "Navbahor" va "Nasaf" klublarida to‘p surgan. U o‘tgan yili "Nasaf" bilan mamlakat chempioni bo‘ldi va ikki marta Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Golban Superligada 420 ta o‘yinda maydonga tushgan, 27 ta gol urib, 8 ta golli uzatma bergan. O‘zbekiston Kubogida esa 30 ta bahsda qatnashgan.

"Andijon"ning to‘plam bo‘lishi uchun yana bir muhim qo‘shimcha qadam. Ushbu transfer va avvaliga e’lon qilingan Ashortia va Boltaboyevning klubga qo‘shilishi jamoa uchun katta axamiyatga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Andijon" yangi transferini e’lon qildi: Golban klubga qo‘shildi