date

2025-yilning eng sermahsul 30 yoshdan katta futbolchilari

2025-yilning eng sermahsul 30 yoshdan katta futbolchilari
Baʼzi futbolchilar 30 yoshdan oshgach sekinlashishni boshlasa-da, boshqalari hali ham yuqori saviyada oʻz mahoratlarini namoyish etishda davom etmoqda. Bu yil klub darajasida eng koʻp gol urgan 30 yoshdan katta yetti futbolchini eʼtiboringizga havola etamiz.

1. Garri Keyn – 45 gol 2025-yilda "Bavariya" hujumchisi Garri Keyn ajoyib formada boʻlib, har 89 daqiqada bitta gol urishga erishdi.

Uning "Oltin toʻp" uchun daʼvogar boʻlish ehtimoli yuqori. "Bavariya" bosh murabbiyi Vinsent Kompani "Men u bilan raqib sifatida oʻynaganman, ammo yoshi oʻtgan sari u yanada kuchli boʻldi", deydi.

2. Lionel Messi – 43 gol "Inter Mayami"da faoliyat olib borgan Messi 2025-yilda 48 oʻyinda 43 gol va 16 golli uzatma bilan oʻzining eng yaxshi mavsumlaridan birini oʻtkazdi.

MLS Kubogi finalida u "Vankuver Uaytkeps"ga qarshi oʻynaydi. 3.

Bergson – 32 gol Malayziyaning "Johor Darul Tazim" klubi hujumchisi Bergson har 70 daqiqada bitta gol urib, 35 oʻyinda 32 golga mualliflik qildi. U roʻyxatda eng yuqori oʻrtacha samaradorlik koʻrsatkichiga ega.

4. Lennart Ti – 31 gol Singapurning "Layon-Siti" jamoasi uchun 36 oʻyinda 31 gol urgan Lennart Ti oʻzining ajoyib oʻyinlari bilan ajralib turdi.

5. Mateus Souza – 30 gol Luksemburgning "UNA Shtrassen" klubi vakili Mateus Souza 34 oʻyinda 30 gol urib, har 91 daqiqada bitta golga erishdi.

6. Darko Lemayich – 30 gol Latviyaning "RFSh" klubi hujumchisi Darko Lemayich 32 yoshida 44 oʻyinda 30 gol urishga muvaffaq boʻldi.

Har 96 daqiqada bitta gol urgan Lemayich roʻyxatda oltinchi oʻrinda. 7.

Krishtianu Ronaldu – 30 gol "Al-Nasr"da toʻp surayotgan Krishtianu Ronaldu ham 2025-yilda 30 gol urdi. Ammo uning gollari har 96 daqiqada bitta gol urgan Lemayichdan kam samarali boʻlib, uni ettinchi oʻringa qoʻydi.

Mavsum oxirigacha toʻrt oʻyin qolgan va Ronaldu oʻz oʻrnini yaxshilash imkoniyatiga ega. * Gol soni teng boʻlganda, futbolchilar oʻrtacha gol urish vaqti boʻyicha tartiblangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » 2025-yilning eng sermahsul 30 yoshdan katta futbolchilari