20:26 / 30.01.2017
6 684

Oliy Liga klublarida mavsum taraddudi qay darajada ketmoqda?

Oliy Liga klublarida mavsum taraddudi qay darajada ketmoqda?

«Lokomotiv»

O‘zbekiston chempioni ilk xorij yig‘inini Dubay shahrida olib borib, 22 yanvar kuni Toshkentga qaytgandi. «Temiryo‘lchilar» 4 kunlik ta’tildan so‘ng jamoa qarorgohida yig‘ilib, yana mashg‘ulotlarga kirishdilar. Birinchi kungi jarayonda terma jamoaning BAAdagi yig‘inida qatnashgan futbolchilar ishtirok etishmadi. «Loko» safiga qo‘shilgan iste’dodli hujumchi Murod Bobojonov ham mashg‘ulotlarda astoydil ishlayapti. Umuman, «Loko» o‘z safini mahoratli ijrochilar bilan to‘ldirishda davom etmoqda. Xususan, «Buxoro» sharafini himoya qilib kelgan yarim himoyachi Salamat Qutiboyev ham «temiryo‘lchi»ga aylandi. Tomonlar 2 yilga mo‘ljallangan shartnoma ostiga imzo chekishdi. Jamoa bungacha Murod Bobojonov, Muhammad Kone, Gnoxore Krizo, Shuhrat Muhammadiev va Diyor Turopovni rasman o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Darvoqe, «Lokomotiv» bazasida bir kunlik seminar tashkil etildi. Unda ayni payt nazoratchi va yo‘riqchi sifatida ishlayotgan Aleksandr Popov futbolchilarga FIFA tomonidan tatbiq etilayotgan o‘yin qoidalariga bog‘liq so‘nggi o‘zgarishlar xususida atroflicha ma’lumot berdi.

«Bunyodkor»

Klub yangi mavsumda foydalanadigan liboslarini taqdim etdi. «Qaldirg‘ochlar» bu borada Germaniyaning JAKO firmasi bilan hamkorlikni davom ettirishadi. Demak, «Bunyodkor» uy uchrashuvlarida oq va safarda qizg‘ish rangli liboslarda maydonga tushadi. Bevosita tayyorgarlikka to‘xtalsak, jamoa o‘tgan hafta «Qizilqum» bilan 2 marta kuch sinashdi. Dastlabki uchrashuvda Javlon Ibrohimov va Javohir Qahramonov urgan gollar «Bunyodkor»ga g‘alaba keltirdi - 2:0.

«Bunyodkor»: Dilshod Hamroyev, Dilshodbek Ahmadaliev, Dushan Michich, Islom Qobilov, Akrom Komilov, Javlon Ibrohimov, Alisher Sanoyev, Nurillo To‘xtasinov, Javohir Esonqulov, Sardorbek Azimov, Ergash Ismoilov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhiddin Xudoyorov, Javlon Mirabdullaev, Shohruh Gadoyev, Nodirxon Kamolov, Mirjamol Qosimov, Xurshid G‘iyosov, Shahzodbek Nurmatov, Rasul Yo‘ldoshev, Farrux Ikromov, Javohir Qahramonov.

3 kundan keyin o‘tkazilgan takroriy bahsda ham Sergey Lushan shogirdlari g‘alaba qozonishdi -3:1. Bu safar jamoa gollariga Dostonbek Hamdamov, Javlon Ibrohimov va Javohir Esonqulov mualliflik qilishdi.

«Bunyodkor»: Murod Zuhurov, Dilshodbek Ahmadaliev, Dushan Michich, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Otabek Shukurov, Javlon Ibrohimov, Alisher Sanoyev, Dostonbek Hamdamov, Eldor Shomurodov, Shahzodbek Nurmatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Dilshod Hamroyev, Xurshid G‘iyosov, Shohruh Gadoyev, Nurillo To‘xtasinov, Javohir Esonqulov.

Ta’kidlash lozim, «Bunyodkor» vakillari kecha BAA yig‘iniga jo‘nab ketishdi. Jamoa 5 fevral kuni Abu-Dabidan to‘g‘ri Qatarga yo‘l oladi va «Al-Jaish»ga qarshi (OChL saralashi doirasida) maydonga tushadi. Bungacha esa BAAda Janubiy Koreyaning «Chonbuk Motors» klubi bilan kuch sinashib ko‘radi. Mazkur o‘yin 1 fevral kuniga belgilangan. Qayd etish kerak, «Chonbuk Motors» OChL-2016 g‘olibiga aylangandi. Biroq klubning Janubiy Koreya chempionatida kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani aniqlangach, OFK uni 2017 yilgi turnirdan chetlatdi.

«Nasaf»

Turkiya yig‘ini yakunlangach, murabbiylar futbolchilarga qisqa muddatli ta’til berishdi. 25 yanvardan esa jamoa Qarshidagi o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarga kirishdi. Ushbu tayyorgarlik jarayoni 28 yanvargacha davom etdi va shu kuni qarshiliklar Toshkentga yo‘l olishdi. Tarkibdagi o‘zgarishlarga to‘xtalsak, Fozil Musaev, Shuhrat Muhammadiev, Eldor Mamatkazin va Azamat Allaniyozov jamoa bilan rasman xayrlashishdi. «Bunyodkor»da tanilgan Akmal Shorahmedov esa endi «Nasaf» sharafini himoya qiladi. Shuningdek, «Nasaf-2» jamoa­sining bir qator futbolchilari asosiy tarkibga qo‘shildilar.

«Nasaf» OChL bahslari uchun 25 nafar futbolchini «zayavka» qildi. «Ajdarlar» guruh bosqichiga chiqishsa, ro‘yxatga yangi futbolchilarni qo‘shishlari mumkin. Akmal Shorahmedov o‘zi uchun odatiy 2-raqamda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Tarkibda 2 nafar legioner bor: rossiyalik himoyachi Igor Golban va serbiyalik hujumchi Dragan Cheran.

Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov, Sanjar Quvvatov, Umidjon Ergashev

Himoyachilar: Akmal Shorahmedov, Maqsud Karimov, G‘olib G‘aybullaev, Igor Golban, Sherzod A’zamov, Saydullo Rahmatov, Najmiddin Normurodov

Yarim himoyachilar: Azizjon G‘aniev, Sirojiddin Qo‘ziev, Dilshod Rahmatullaev, Sharof Muhiddinov, Bahrom Abdurahimov, Islom Rashidxonov, Akbar Murodov, Odiljon Hamrobekov, Farrux Sayfiev, Doniyor Narzullaev

Hujumchilar: Shahboz Erkinov, Dilshod Xushbakov, Islom Kenjaboyev, Bobir Abdixoliqov, Dragan Cheran.

Aytgancha, himoyachi Eldor Mamatkazin faoliyatini chet elda davom ettiradi. Xabarlarga ko‘ra, u Maksimilian Fomin ortidan «Saham» klubi safiga qo‘shildi. 28 yoshli himoya­chi ummonliklar bilan shartnoma tuzishga ham ulgurdi va «Saham»ning to‘rtinchi legioneriga aylandi.

«Buxoro»

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Ulug‘bek Baqoyev bosh murabbiy lavozimiga tayinlandi. Vadim Abramov maslahatchi-murabbiy, Shuhrat Fayziev katta murabbiy, Nurillo Habibov esa darvozabonlar murabbiyi sifatida ish olib borishadi. Jamoaning o‘zi mash­g‘ulotlarning navbatdagi bosqichiga kirishdi. Ayni payt jarayon Buxoroda olib borilmoqda. 1 fevraldan yig‘in Toshkentga ko‘chadi. Poytaxtda nazorat uchrashuvlari tashkillash rejalashtirilgan. Vadim Abramov va Ulug‘bek Baqoyev xohishiga ko‘ra, transferlar aynan Toshkent yig‘ini davomida amalga oshiriladi. Murabbiylar tarkib o‘zagini saqlagan holda, uni mahoratli ijrochilar hisobiga kuchaytirmoqchilar.

«Paxtakor»

BAA yig‘inini davom ettirayotgan «sherlar» Rossiyaning «Kras­­nodar» klubi bilan nazorat o‘yini o‘tkazib, 0:2 hisobida yengilishdi. Birinchi bo‘limda teng kurash bordi. Misol uchun, Igor Sergeevning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza ustuniga tegdi, Smolov urinishini esa Aleksandr Lobanov yo‘qqa chiqardi. Tanaffusdan keyin jamoalar tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlar raqib foydasiga ishladi. Bo‘lim boshida Okriashvili va Jigulyov ketma-ket 2ta gol urib, «Krasnodar» muvaffaqiyatini ta’minlashdi.

«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev (Xushnud Avilov), Kamoliddin Tojiev, Yurisa Bulyat, Davron Hoshimov (Hojiakbar Alijonov), Azim Ahmedov (Oston O‘runov), Javohir Sohibov (Akbar Ismatullaev), Jaloliddin Masharipov (Saidjamol Davlatjonov; Suhrob Nurullaev), Jamshid Iskanderov (TemurTolipov), Sherzod Karimov (Vladimir Kozak; Shohruh Mahmudhojiev), Igor Sergeev (Jasur Hakimov).

«Paxtakor» uchinchi nazorat o‘yi­nida Avstriya chempioni - «Red Bull Zalsburg»ga qarshi maydonga tushdi. Bu safar murabbiylar tarkibdagi barcha futbolchilarni amalda sinab ko‘rishdi. Jamoalar bir qator vaziyatlarni yuzaga keltirgan bo‘lsalarda, hisob ochilmadi.

«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov (Botirali Ergashev, 82), Stanislav Andreev (Doston Ibrohimov, 75), Kamoliddin Tojiev (Adnan Oraxovas, 46), Yurisa Bulyat (Georgiy Ahmedov, 68), Hojiakbar Alijonov (Xushnud Avilov, 64), Azim Ahmedov (Vladimir Kozak, 64), Oston O‘runov (Akbar Ismatullaev, 46), Javohir Sohibov (Sherzod Karimov, 66), Jalolidin Masharipov (Suhrob Nurullaev, 70), Jamshid Iskanderov (Temur Tolipov, 68; Saidjamol Davlatjonov, 81), Igor Sergeev (Jasur Hakimov, 66).

«Paxtakor» delegasiyasi kecha Toshkentga qaytdi va endi 5 fevral kuni Antaliyaga yo‘l oladi.

«Qizilqum»

Tayyorgarlik jarayonini poytaxtimizda davom ettirayotgan navoiyliklar «Bunyodkor» (2 marta) va «Metallurg» jamoalari bilan kuch sinashishdi. Ayni payt «Qizilqum» yig‘inida 25 nafar futbolchi ishtirok etyapti. «Metallurg» bilan bahsda 0:0 hisobi qayd etildi.

«Qizilqum»: Umid Xonimqulov, Shukurali Po‘latov, Akmal Rustamov, Otabek Zokirov, Azamat Allaniyozov, Fayzulla Qambarov, Jasur Hasanov, Maksim Yurku, Ilhom Yunusov, Erkin Boydullaev, Azizbek Usmonov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Artyom Makosin, G‘ayrat Jumaev, Sherali Jo‘raev, Alisher Yusupov, Mansur Saidov, Samandar Shodmonov, Bekzod G‘anijonov.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Qizilqum» sharafini himoya qilgan bolqonlik Nemanya Yovanovich jamoa­dan ketgani haqida xabar berilgandi. Toshkent yig‘ini oldidan gruziyalik Georgi Kvesieshvili ham boshqa jamoada o‘ynash niyatini bildirdi. «Konchilar» ular o‘rniga munosib legionerlar topish maqsadida seleksiya ishlarini olib borishyapti. Jumladan, bekobodliklarga qarshi o‘yinda jamoa tarkibida moldovalik Maksim Yurku maydonga tushdi. Uning jamoada qolish-qolmasligi yig‘in yakunida aniq bo‘ladi. «Qizilqum» mashg‘ulotlarida qatnashgan va shartnoma tuzishi kutilayotgan tajribali yarim himoyachi Mansur Saidov esa oilaviy sharoiti sabab, «konchilar» qarorgohini tark etdi. «Bunyodkor»ga qarshi kechgan o‘yin­larga kelsak, jamoa har ikkisida mag‘lubiyatga uchradi - 0:2 va 1:3. Ikkinchi uchrashuvda «Qizilqum»ning yagona goli Maksim Yurku tomonidan urildi.

«Metallurg»

Klub 5 nafar futbolchi - Islom Isoqjonov, Doston Tursunov, Doniyor Ismoilov, Sanjar Qodirqulov va Alisher Ziyovuddinov bilan shartnoma tuzdi. Bir necha kun jamoa yig‘inida ishtirok etgan Navro‘z Alimovga esa javob berildi. «Metallurg» va «Qizilqum» o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinida darvozalar daxlsiz qoldi. Lekin uchrashuvning bekobodliklar ustunligi ostida kechganini ta’kidlash joiz.

«Metallurg»: Zafar Safoyev, Davron Karimqulov (Vusol Mageramov), Doston Tursunov (Kamron Kapadze), Hikmat Hoshimov (Jasur Ahmedov), Mirg‘iyos Sulaymonov (Nodir Yo‘ldoshev), Doniyor Odilov (Farhod Namozov), Jahongir Abdumo‘minov (Alisher Ziyovuddinov), Islom Isoqjonov (Muhammadodil Qahramonov), Sanjar Qodirqulov (Abror Toshqo‘ziev), Dilmurod Karimov (Ayubxon No‘’monov), Zohid Abdullaev (Umid Rahimov).

«Metallurg» shundan so‘ng «Obod» bilan ham kuch sinashib, Dilmurod Karimovning 2ta goli evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi.

«Metallurg»: Suhrob Sultonov, Davron Karimqulov, Hikmat Hoshimov, Doston Tursunov, Vusol Mageramov, Alisher Ziyovuddinov, Farhod Namozov, Jahongir Abdumo‘minov, Sanjar Qodirqulov, Ayubxon No‘’monov, Zohid Abdullaev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Zafar Safoyev, Doniyor Odilov, Dilmurod Karimov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Kamron Kapadze, Jasur Ahmedov, Evgeniy Tanaev, Muhammadodil Qahramonov, Nodir Yo‘ldoshev.

«Mash’al»

Muborak jamoasi yangi mavsumda 3 xil libosdan foydalanadi. Ya’ni futbolchilar uy uchrashuvlarida doimgidek to‘q ko‘k, safarda qizil-sariq va oq rangli formalarda maydonga tushishadi. Tarkibdagi o‘zgarishlarga kelsak, avvalgi yili «Buxoro»da o‘ynagan Jamoliddin Ubaydullaev «Mash’al» safiga qo‘shildi. Yarim himoyachi 1 yillik kelishuvga erishdi. Shuningdek, «Neft­chi» himoyachisi Sardor Rahmonov ham «Mash’al» mashg‘ulotlarida qatnashmoqda. Ko‘rikda bo‘lgan Kons­tantin Belovga javob berildi. «Mash’al» yana tojikistonlik futbolchini sinab ko‘rmoqda. Faoliyati davomida Dushanbening «Istiqlol» hamda «Vaxsh» jamoalarida to‘p surgan Umid Sharipov yosh bo‘lishiga qaramay, o‘z yurtida ancha tanilib ulgurgan. U Tojikistonning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida o‘ynagan.

«So‘g‘diyona»

Jizzaxliklar Qibrayda «Navbahor»ga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazib, Sardor Eminov tomonidan urilgan gol evaziga g‘alaba qozonishdi.

«So‘g‘diyona»: Muzaffar Abdullaev, Rustam A’zamov, Murod Xolmuhammedov, Elyor Oripov, Qahramon Bahodirov, Ixtiyor Toshpo‘latov, Izzatilla Abdullaev, Sanjar Rashidov, Sunnatilla Mamadaliev, Doston Abdurahmonov, Sardor Eminov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Sarvar Karimov, Sarvar Jo‘raev, Omonjon Xalilov, Robbim Hasanov, Suhrob Qobilov, Akmal Abdurahmonov.

Davron Fayziev jamoasi shundan so‘ng «Obod» bilan ham kuch sinashib ko‘rdi. Mazkur uchrashuvda Jizzax klubi 2 marta hisobda oldinga chi­m­qib olganiga qaramay, yakunda 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Jamoa gollariga Sanjar Rashidov va Sarvar Jo‘raev mualliflik qilishdi.

«So‘g‘diyona»: Sarvar Karimov, Elyor Oripov, Azamat Isroilov, Murod Xolmuhammedov, Sardor Eminov, Sarvar Jo‘raev, Robbim Hasanov, Doston Abdurahmonov, Suhrob Qobilov, Sanjar Rashidov, Ixtiyor Toshpo‘latov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Izzatilla Abdullaev, Sunnatilla Mamadaliev, Dadajon Mamatqulov, Rustam A’zamov, Akmal Abdurahmonov, G‘ulom O‘runov, Ulug‘bek Xudoyberdiev, Orifxo‘ja Abduxoliqov, Omonjon Xalilov, Qahramon Bahodirov.

Jizzaxliklar navbatdagi uchrashuvni kecha Qozog‘istonning «Maxtaaral» klubiga qarshi o‘tkazishdi. 1 fevral kuniga esa «Qizilqum» bilan o‘yin belgilangan.

«Neftchi»

Toshkent yig‘inidan so‘ng futbolchilarga qisqa ta’til berilgandi. Jamoa o‘tgan hafta Qirgulidagi qarorgohida yig‘ildi va Hokim kubogi-2017 bahslariga kirishdi. «Neftchi» turnirda 2ta tarkib bilan ishtirok etmoqda. Yangiliklarga kelsak, «Metallurg»dan taklif etilgan Said Abdujabborov bilan 2 yillik shart­noma imzolandi. Shuningdek, tajribali hujumchi Mo‘ydin Mamazulunov «1Q1» ko‘rinishidagi kelishuv ostiga imzo chekdi. Avvalgi mavsum ijara asosida «Istiqlol» sharafini himoya qilgan yosh hujumchi Rizo Ayvazov Farg‘onaga qaytarildi. U bilan 2 yillik bitim rasmiylashtirildi. Tayyorgarlik bosqichining so‘nggisi xorijda olib boriladi. Turkiya yig‘inida 5 yoki 6ta o‘rtoqlik o‘yini tashkillash rejalashtirilgan. Raqiblar nomi yaqin orada ma’lum qilinadi. «Neftchi» Turkiyaga 5 fevral kuni yo‘l oladi.

«Qo‘qon-1912»

Klub ikki kunlik tanaffusdan so‘ng tayyorgarlikning 3-bosqichini boshladi. Mashg‘ulotlarda serbiyalik Filip Rayevas ishtirok etmoqda. 1992 yili tug‘ilgan hujumchi Belgradning OFK klubidan taklif etildi. U Serbiya super-ligasining bir qator jamoalarida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Polshada ham o‘ynagan. Qo‘qonliklar Farg‘ona viloyati hokimi kubogida 2ta tarkib bilan ishtirok etishmoqda.

«Olmaliq»

Viktor Kumikov boshqaruvidagi jamoaning Antaliyada tashkil etgan yig‘ini yakuniga etdi. 11-25 yanvar oralig‘idagi o‘quv-mashg‘ulotlar davomida 3ta o‘rtoqlik o‘yini tashkillashtirildi. Jamoa bosh murabbiyi Viktor Kumikov klub rasmiy saytiga intervyu berib, tayyorgarlik jarayonidan ko‘ngli to‘lganini ta’kidladi: «Antaliyada reja asosida shug‘ullandik. Dastlabki kunlar havo biroz sovuq, yomg‘irli bo‘lganiga qaramay, mashg‘ulotlar talab darajasida o‘tkazildi. 3ta o‘rtoqlik uchrashuvida 2ta g‘alaba va 1ta mag‘lubiyat qayd etildi. Umumiy xulosa: yig‘indan ko‘nglimiz to‘ldi. Yig‘in chog‘i bir qator legionerlarni sinab ko‘rdik. Hozircha serbiyalik Igor Yelich bilan kelishuvga erishdik. Uning maydondagi harakatlari ma’qul keldi. Qolganlar borasida hali bir to‘xtamga kelmadik. Antaliyadagi ikkinchi yig‘inda ham ko‘rik ishlari davom etadi». Jamoa a’zolari kecha yana Turkiyaga yo‘l olishdi. Navbatdagi yig‘in 20 fevralga qadar davom etadi. Bu oraliqda 5ta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish rejalashtirilgan.

«Obod»

Jamoa a’zolari Qibrayda «So‘g‘diyona»ga qarshi kechgan bahsda iroda namoyish etib, salbiy natijani ijobiyga aylantirishdi. Ya’ni ikki bora hisobda ortda borgan «Obod» ikkinchi bo‘limda raqib darvozasini 3 marta ishg‘ol qildi va 4:2 ko‘rinishida ustun keldi. Bu uchrashuvda ko‘rikda bo‘lib turgan futbolchilar xizmatidan ham foydalanildi.

«Obod»: Ruslan Matniyozov, Javlon Iskandarov, Islom Saidov, Mirshohid Olimov, Abbos Po‘latov, Sanjar To‘raqulov, Farrux Haydarov, Ravshan Arslonov, Sherzod Jalilov, Sunnat Abdullajonov, Navro‘z Haipov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Azamat Ahmedov, Dilmurod Ikromov, Diyan Talxatov, Idris Bikmaykin.

«Metallurg» bilan tashkil etilgan o‘yinda esa toshkentliklar mag‘lubiyatga uchrashdi. Zaxiradan maydonga tushgan Dilmurod Karimov birinchi bo‘lim oxirida penaltidan, ikkinchisi avvalida esa jarima zarbasidan gol urib, o‘z jamoasi g‘alabasini ta’minladi.

«Obod»: Shirinboy Abdullaev, Sardor Qahhorov, Abror Husinov, Javlon Iskandarov, Farhod Mirahmatov, G‘ayrat Umirov, Sunnat Ermatov, Sanjar To‘raqulov, Pavel Solomin, Shohruz Norxonov, Sanjar Rixsi­boyev.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Doniyor Hasanov, Navro‘z Haipov, Islom Saidov, Sunnatilla Abdullajonov, Mirshohid Olimov, Abbos Po‘latov, Farrux Haydarov.

Mazkur bahsdan so‘ng futbolchilarga qisqa ta’til e’lon qilindi. «Obod» bugundan mashg‘ulotlarni qayta davom ettiradi. Jamoa bosh murabbiyi Rauf Inileev Moskvada jarrohlik stoliga yotdi. U salomatligini tiklaganidan so‘ng «Obod»dagi ishini davom ettiradi.

«Navbahor»

Namanganliklar Qibrayda «So‘g‘diyona» bilan nazorat o‘yini o‘tkazishdi. Birinchi bo‘limda urilgan yagona gol «So‘g‘diyona» g‘alabasini ta’minladi. Tanaffusdan keyin «Navbahor» hisobni tenglashtirish uchun bir qator hujumlar tashkil etdi. Ammo namanganliklarga vaziyat­lardan foydalanish masalasida aniqlik etishmadi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida ikki jamoa a’zolari o‘zaro tortishib ketishdi. Natijada hakam 3 nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatdi. Aniqrog‘i, «Navbahor»dan Alisher Mahmudov va Alisher Mirzaev maydondan chetlatildi. Nazorat o‘yini bo‘lgani uchun futbolchilar sonini tenglash maqsadida Ravshan Xursanov yana safga qo‘shildi.

«Navbahor»: Asilbek Omonov, Jahongir Mehmonov, G‘iyos Komilov, Tohir Shamsiddinov, Alisher Samatov, A’zam Aliev, Dilshod Jabborov, Oybek Qilichev, Mirzohid G‘ofurov, Ro‘zimboy Ahmedov, Ravshan Xursanov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Azizbek Turg‘unboyev, Alisher Mahmudov, Hasanboy Ergashev, Abduaziz Sultonov, Akmal Ortiqov, Abbos Otaxonov, Ilhom Boydedaev, Alisher Mirzaev.

O‘yinda serbiyalik hujumchi Nemanya Yovanovich ishtirok etmadi. U alohida mashg‘ulot o‘tkazish bilan cheklandi. Darvozabon Nodir Ashurmatov esa zaxirada qoldirildi.

«Navbahor»ning Toshkent yig‘inidagi keyingi nazorat o‘yini «Bun­yodkor» yoshlariga qarshi kechdi. Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari mazkur bahsda Hasanboy Ergashev va Ro‘zimboy Ahmedov urgan gollar evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

«Navbahor»: Asilbek Omonov, G‘iyos Komilov, Hasanboy Ergashev, Alisher Samatov, Jahongir Mehmonov, A’zam Aliev, Dilshod Jabborov, Azizbek Turg‘unboyev, Oybek Qilichev, Mirzohid G‘ofurov, Ro‘zimboy Ahmedov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Ravshan Xursanov, Tohir Shamsiddinov, Alisher Mirzaev, Akmal Ortiqov, Alisher Mahmudov, Abbos Otaxonov, Abduaziz Sultonov.

Bu safargi uchrashuvda Nemanya Yovanovichdan tashqari, Ilhom Boydedaev ham maydonga tushmadi. Tarkibda o‘zgarishlar bor. Toshkent yig‘inida jamoa safiga qo‘shilgan darvozabon Akmal Tursunboyevga javob berildi. Asilbek Omonov kelgach, unga ehtiyoj sezilmadi, shekilli. Shuningdek, yarim himoyachi Islom Isoqjonov klub qarorgohini tark etdi. U «Metallurg» bilan shartnoma tuzishga ham ulgurdi. Hozirda San’at Shixov bilan muzokara olib borilayotgani haqida ma’lumot bor. Bundan tashqari, «Neftchi»dan ketib, «Qizilqum» mashg‘ulotlarida qatnashgan Mansur Saidov «Navbahor» tarkibiga qo‘shildi. 2014 yili aynan Namanganda to‘p surgan tajribali yarim himoyachi bilan yaqin kunlarda shartnoma imzolansa kerak. Oliy ligamizning bir qator klublarida o‘ynagan himoyachi Darko Stanoyevich yana yurtimizga qaytishi mumkin. Serbiyalik futbolchi o‘tgan mavsumni «Olmaliq» safida boshlagan va yozda «Yavor» klubiga ketgandi. Unga «Navbahor» qiziqmoqda.

«Dinamo»

Jamoa a’zolari klub prezidenti Akbar Shukurov boshchiligida Samarqand viloyati hokimi Himmat Oqbo‘taev qabulida bo‘lishdi. Uchrashuv chog‘i viloyat futbol federasiya­si prezidenti Himmat Qo‘chqorovich «Dinamo»ni oliy ligaga qaytgani bilan tabriklab, joriy mavsum ham samarqandlik muxlislar jamoaga katta umid bog‘layotganlari, shunga yarasha, ularni quvontirish lozimligini uqtirdi. Buning uchun tayyorgarlik rejasini tasdiqlab, zarur chora-tadbirlarni belgiladi. Murabbiylar oldiga tarkibni kuchaytirish va oliy liga-2017da munosib ishtirok etish vazifasi yuklandi. Tez orada «Dinamo» safida yangi futbolchilar ko‘rinish bersalar, ajabmas.

Manba: www.interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oliy Liga klublarida mavsum taraddudi qay darajada ketmoqda?