
Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Marselo futbol tarixidagi eng yaxshi chap qanot himoyachilar haqida o'z fikrlarini bildirdi. Braziliyalik futbolchi faoliyatining eng yaxshi yillarini Madridning "Qirollik klubi"da o'tkazgan bo‘lib, 2007 yildan 2022 yilgacha ushbu jamoada to'p surdi va jamoa bilan besh marta Chempionlar Ligasi g'olibligini qo'lga kiritdi.
"Odamlar meni tarixdagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb hisoblashadimi? Bu menga yoqmaydi deb ayta olmayman, lekin menimcha, bu unvon Roberto Karlosga tegishli.
Balki u bu fikrga qo'shilmas, lekin men har doim bunday tan olishlarga xotirjam munosabatda bo'lganman. Chunki futbol individual o'yin emas.
Muhimi – bu jamoa. Agar mening yutuqlarim haqida gapiradigan bo'lsak, men bularning barchasini "Real" klubi tufayli qo'lga kiritdim.
Men jamoa bilan birga sovrinlar yutdim, yakka o'zim emas, shu sabab men o'zimni boshqalar bilan solishtira olmayman", – dedi Marselo Diario AS nashriga bergan intervyusida. Qizig'i shundaki, yaqinda Roberto Karlos Marseloni "Real" tarixidagi eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb atagan edi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.