date

Pike: Dembele Oltin Toʻpga loyiqmi?


Ispaniya terma jamoasi va "Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike "PSJ" klubi fransuz vingeri Usmon Dembelega 2025-yilgi Oltin Toʻp topshirilgani boʻyicha oʻz fikrini bildirdi. "Men Dembeleni yaxshi bilaman, u bilan birga oʻynaganman.

Unda tugʻma isteʼdod bor. U juda texnik va tezkor futbolchi.

Oltin Toʻpni kim olishga loyiq ekanligi har doim bahsli masala boʻlib kelgan. Dembele "PSJ"ning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻldi va jamoa bilan barcha sovrinlarni qoʻlga kiritdi.

Shu jihatdan, u bu mukofotga haqli edi", - deydi sobiq futbolchi RMC Sportga bergan intervyusida. Dembele oʻz faoliyatida ilk bor Oltin Toʻpni qoʻlga kiritdi.

Ikkinchi oʻrinni "Barselona"ning yosh vingeri Lamin Yamal egalladi, uchinchi oʻrin esa "PSJ" yarim himoyachisi Vitinyaga nasib etdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pike: Dembele Oltin Toʻpga loyiqmi?