Futbolchi Fabio Silva Seriya A'ga o'tishi mumkin

Futbolchi Fabio Silva Seriya A'ga o'tishi mumkin
Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Fabio Silva Italiya chempionatiga yo'l olishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko'ra, "Roma" 23 yoshli portugaliyalik futbolchini ijaraga olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, kelishuvga futbolchini majburiy sotib olish sharti ham kiritilishi ehtimoli bor.

Agar bu transfer amalga oshsa, Rim klubi "Manchester Yunayted"ning hujumchisi Joshua Zirkzee transferidan voz kechishi mumkin. Fabio Silva joriy mavsumda barcha musobaqalarda 12 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli uzatma bergan.

Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 28 million yevroga baholamoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar