Venger: JCH-2026 favoriti Fransiya

2026-yil yozida milliy terma jamoalar oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Londonning "Arsenal" klubi sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger boʻlajak mundialning asosiy favoriti haqida oʻz fikrini bildirdi.
"Fransiya terma jamoasi Jahon chempionati kubogiga asosiy daʼvogar hisoblanadi. Bu jamoada dunyo darajasidagi futbolchilar eng koʻp toʻplangan.
Ularning hujum chizigʻi juda kuchli. Bu faktor katta ahamiyat kasb etadi", – deydi mutaxassis, jurnalist Migel Dilenining ijtimoiy tarmoqdagi xabariga koʻra.
Eslatib oʻtamiz, 2026-yilgi Jahon chempionati Shimoliy Amerikaning uch davlati – AQSh, Kanada va Meksikada oʻtkaziladi. Amaldagi chempionlik unvoni Argentina terma jamoasiga tegishli.
Ular JCH-2022 finalida Fransiyani penaltilar seriyasida magʻlub etib, chempionlikni qoʻlga kiritgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing