date

De Zyerbi Marsel tarkibidagi muammolarni aytdi


Marsel bosh murabbiyi Roberto De Zyerbi Lilga qarshi o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida jamoasidagi muammolar haqida gapirdi. Fransiya chempionatining 15-turi doirasida bo'lib o'tadigan mazkur uchrashuv Toshkent vaqti bilan 5-dekabr kuni soat 01:00 da boshlanadi.

De Zyerbi jamoaning tarkibdagi yo'qotishlariga to'xtalib o'tdi. "Murilyo kecha va undan avvalgi kuni mashg'ulotlarda qatnashdi.

U yaxshi holatda va o'yinga tayyor. Hoybyerg esa bugun ertalab isitma va gripp alomatlari bilan uyg'ondi.

U biz bilan birga bo'ladimi yoki yo'qmi, hozircha noma'lum, ammo uning yo'qolishi jiddiy zarba bo'ladi. Guiri va Traore hali ham safga qaytmagan, shuningdek, Medina ham yo'q.

Qolgan futbolchilar o'yinga tayyor", – deya De Zyerbining so'zlarini keltiradi Foot Mercato. Hozirda Marsel 29 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.

Lil esa 26 ochko bilan to'rtinchi pog'onada joylashgan. Turnir jadvalida Marseldan yuqorida Lans (31 ochko) va PSJ (30 ochko) joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » De Zyerbi Marsel tarkibidagi muammolarni aytdi