date

Flik: Garcia yaqin orada Barselona sardori bo'ladi


Barselona bosh murabbiyi Xans-Diter Flik himoyachi Erik Garciya bilan shartnoma uzaytirilgani yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi. "Ko'k-anorranglilar" juma kuni futbolchi bilan yangi kelishuvni rasman e'lon qilishdi.

"Men juda xursandman. U biz uchun juda muhim futbolchi.

Erik klubni yaxshi biladi va shartnoma uzaytirilishini to'liq haqli ravishda qo'lga kiritdi. U bu klubni hech kimdan kam sevmasligini isbotladi.

Tez orada uni Barselona sardori sifatida ko'ramiz. Nega yo'q?

U fantastik futbolchi", - dedi Flik matbuot anjumanida. Ayni paytda Xans-Diter Flik Barselonani La Liga doirasidagi Betisga qarshi safar uchrashuviga tayyorlamoqda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik: Garcia yaqin orada Barselona sardori bo'ladi