
JCH–2026 qur’asi oldidan futbol jamoatchiligida qizg‘in muhokamalar ketmoqda. O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix ham mazkur jarayon haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uningcha, mundialda ishtirok etishning o‘zi — katta sharaf va mana shu yo‘lda kuchli raqiblar bilan to‘qnash kelishdan qochish kerak emas.
Geynrixning aytishicha, birinchi savatchadan aynan eng nufuzli jamoalardan biri tushsa, bu ham terma jamoamiz uchun qiyinchilik emas, balki katta tajriba va emotsiyalarni taqdim etadi.
“Jahon chempionatiga yo‘l olgan ekanmiz, Ispaniya, Braziliya yoki Fransiya kabi grantlar bilan o‘ynash — futbolchiga ham, muxlisga ham mislsiz zavq beradi. Kuchli raqib bilan o‘ynash har doim kayfiyatni ko‘taradi,” — deydi u.
Ikkinchi savat borasida Geynrix Kolumbiya yoki Senegalni maqbul raqib sifatida ko‘rsatdi. Uning fikricha, o‘yin uslubi jihatidan bu jamoalarga qarshi to‘g‘ri yondashuv bilan ochko olish imkoniyati yuqori.
To‘rtinchi savatdan esa Gaiti yoki Kyurasaoni ideal variant sifatida ko‘rmoqda:
“Biz ulardan birini mag‘lub etib, guruhdan chiqish imkonimizni mustahkamlab olishimiz shart. Bu borada tovlama yo‘q — maqsad aniq va real.”
Qizig‘i shundaki, jurnalistlar Geynrixdan nima uchun o‘zining sevimli futbolchisi bo‘lgan Ronalduning Portugaliyasiga qarshi tushishni istamasligi haqida so‘rashdi. U esa ko‘tarinki kayfiyatda javob qaytardi:
“Men «Real» muxlisman, Ronaldu esa hozir Madridda o‘ynamaydi”, — deya kulib javob berdi sobiq hujumchi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati qur’a tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 da bo‘lib o‘tadi.
Geynrixning fikrlariga qaraganda, terma jamoamiz har qanday vaziyatga tayyor, muxlislarni esa qiziqarli va ishonchga to‘la kecha kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.