
Manchester Yunayted yarim himoyachisi Kobbi Mainu Germaniyaning Bavariya klubi eʼtiborini tortdi. "Qizil iblislar" bosh murabbiyi Ruben Amorim 20 yoshli futbolchini asosiy tarkibda koʻrmayapti.
Shu sababli, yosh futbolchi joriy yil yozidan beri boshqa klubga oʻtishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. United Zone nashriga koʻra, Mainuga faqat Italiya chempioni Napoli emas, balki Bavariya ham daʼvogarlik qilmoqda.
Shunga qaramay, Manchester Yunayted rahbariyati qishda futbolchini sotish niyatida emasligini bir necha bor taʼkidlagan. Maʼlumotlarga koʻra, Kobbi Mainu oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun ijaraga ketishni xohlamoqda.
Transfermarkt portali ushbu futbolchini 45 million yevroga baholagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.