date

Monako soʻnggi 5 oʻyinda 4-magʻlubiyatini qabul qildi


Fransiya chempionati 15-turi doirasidagi oʻyinda "Monako" safarda "Brest" jamoasiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi. Mezbonlar safida yagona golni 28-daqiqada Kamori Dumbiya oʻz nomiga yozdirib qoʻydi.

Eʼtiborga molik jihati, monakoliklar oʻyinning 60-daqiqasidan boshlab bir futbolchiga koʻp ustunlikka ega boʻlishdi, ammo bu ularga natija keltirmadi. Mazkur magʻlubiyat "Monako" uchun Liga 1 doirasidagi soʻnggi beshta oʻyinda toʻrtinchisi boʻldi.

Oldinroq Aleksandr Golovin yetakchiligidagi jamoa "PSJ"ni 1:0 hisobida magʻlub etgan boʻlsa-da, "Renn" (1:4), "Lans" (1:4) va "Parij" (0:1) jamoalariga imkoniyatni boy bergan edi. Sebyasten Pokonoli boshqarayotgan "Monako" hozirda turnir jadvalida 23 ochko bilan yettinchi oʻrinda bormoqda.

Jamoa keyingi turda 14-dekabr kuni safarda "Marsel"ga qarshi maydonga tushadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Monako soʻnggi 5 oʻyinda 4-magʻlubiyatini qabul qildi