date

Anchelotti: Braziliya qiyin guruhga tushdi


Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi qur'asidan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Braziliya jamoasi Marokash, Shotlandiya va Gaiti terma jamoalari bilan to'qnash keladi.

"Bu juda qiyin guruh. Marokash o'tgan Jahon chempionatida ajoyib o'yin ko'rsatgan edi.

Shotlandiya ham juda kuchli raqib. Oson bo'lmaydi, ammo biz yaxshi o'ynashimiz kerak.

Bizning vazifamiz – imkon qadar yaxshi tayyorgarlik ko'rib, birinchi o'rinni egallash. Birinchi ikki o'yin juda katta ahamiyatga ega bo'ladi, chunki bizga ishonch kerak", – dedi Anchelotti intervyusida.

Eslatib o'tamiz, italiyalik murabbiy iyun oyida Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallagan edi. U bunga qadar Madridning "Real" klubini boshqargan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti: Braziliya qiyin guruhga tushdi