date

Anchelotti Neymarning JCH-2026dagi kelajagini izohladi


Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning milliy jamoa safidagi kelajagi borasida savollarga javob berdi. Juma kuni Jahon chempionati–2026 guruh bosqichining qur’asi boʻlib oʻtdi.

Unda besh karra chempion Braziliya Marokash, Shotlandiya va Gaiti jamoalari bilan bir guruhga tushdi. Qur’a natijasidan soʻng Anchelottidan Neymar haqida soʻrashdi.

"Men Neymar haqidagi savollaringizni tushunaman. Vaziyatni aniqlashtirib oʻtaman.

Hozir dekabr oyidamiz, Jahon chempionati esa iyunda boshlanadi. May oyida turnir uchun tarkibni eʼlon qilaman.

Agar Neymar sogʻlom boʻlsa, oʻzini boshqalardan yaxshiroq yoki hech boʻlmaganda teng darajada koʻrsata olsa, u Jahon chempionatiga boradi. Nuqta", – dedi Anchelotti.

Bu soʻzlarni jurnalist Fabritsio Romano keltirgan. Shu bilan birga, yaqinda "Santos" klubining 33 yoshli futbolchisi Neymar Braziliya A Seriyasida "Juvetude"ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Anchelotti Neymarning JCH-2026dagi kelajagini izohladi