date

Realda oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi


Fransiyalik hujumchi Kilyan Mbappe Madridning "Real" klubi tomonidan noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qilindi. Bu haqda "qirollik" klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Muxlislar oʻrtasida oʻtkazilgan ovoz berishda yulduz hujumchi Tibaut Kurtua, Eder Militao, Vinisius Junior va Arda Gyuler kabi jamoadoshlarini ortda qoldirdi. Oʻtgan oy davomida Mbappe "Real" safida olti oʻyinda maydonga tushib, yettita gol urdi va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Ispaniya chempionatining 15-turidan soʻng Madrid grandi 36 ochko toʻplab, musobaqa jadvalida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Xabi Alonso shogirdlari kataloniyalik "Barselona"dan faqat bir ochkoga ortda qolishyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Realda oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi