
Real Madrid yarim himoyachisi Braim Dias o'z faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. O'tgan yozda saudiyaliklar Diasga qiziqish bildirgan edi va endi ular taklifni yaxshilashga tayyor.
OK Diario nashri xabariga ko'ra, Diasga to'rt mavsum davomida har yili 30 million yevro maosh, jami 120 million yevrolik shartnoma taklif qilinmoqda. Futbolchining kelajagi borasidagi yakuniy qaror joriy yilda bo'ladigan jahon chempionatidan so'ng qabul qilinishi kutilmoqda.
Real Madrid uni jamoada saqlab qolishni istasa-da, Diasning maydonda kam vaqt o'tkazishi muammo bo'lishi mumkin. 2025/2026 yilgi mavsumda Dias 16 ta o'yinda qatnashgan bo'lsa-da, umumiy hisobda 454 daqiqa maydonda bo'lgan (o'rtacha har bir o'yinda 28,4 daqiqa).
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.