date

Mostovoy JCh-2026 kuchli guruhlarini taʼkidladi


Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Aleksandr Mostovoy 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi qur'asi natijalari bo'yicha o'z fikrlarini bildirdi. "Menga Fransiya, Senegal, Norvegiya (Holland bilan) va pley-off g'olibidan iborat guruh kuchli ko'rindi.

Qolgan guruhlar nisbatan teng kuchga ega, bu guruh esa boshqalardan ajralib turadi", — dedi Mostovoy "Match TV"ga bergan intervyusida. Shuningdek, ekspert Gollandiya, Yaponiya va Tunis ishtirok etadigan guruhni ham alohida eʼtirof etdi.

Uning fikricha, chempionatda 2-3 ta kuchli guruhni ajratib ko'rsatish mumkin. Jahon chempionati – 2026 11-iyun kuni boshlanib, 19-iyulgacha davom etadi.

Musobaqa tarixida ilk bor 48 ta terma jamoa ishtirok etadi. Amaldagi chempion — Argentina terma jamoasi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mostovoy JCh-2026 kuchli guruhlarini taʼkidladi