date

Real va Selta: Taxminiy tarkiblar


La Liganing 15-turi doirasida Madridning "Real" jamoasi Vigo shahri vakili "Selta"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsga oid taxminiy asosiy tarkiblar bilan tanishing.

"Real": Kurtua (darvozabon), Karreras, Asensio, Ryudiger, Militao, Chuameni, Gyuler, Vinisius Junior, Bellingem, Valverde, Mbappe. "Selta": Radu (darvozabon), Karreyra, Markos Alonso, Starfelt, Xavi Rodriges, Rueda, Migel Roman, Moriba, Saragosa, Iglesiyas, Aspas.

"Real"da jarohatlar sababli David Alaba, Trent Aleksander-Arnold, Ferlan Mendi va Dani Karvaxal maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, Dean Xoysen va Eduardo Kamavinganing ishtiroki shubha ostida.

"Selta" safida esa Jozef Aydu jarohat tufayli o'yinni o'tkazib yuboradi. "Real" o'zining so'nggi La Liga uchrashuvida "Atletik Bilbao"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Selta" "Espanyol"ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Turnir jadvalida "Real" "Selta"dan 20 ochko oldinda. Uchrashuv bugun, 7 dekabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da "Santyago Bernabeu" stadionida bo'lib o'tadi.

Mazkur uchrashuvning matnli onlayn translyatsiyasini kuzatib boring.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real va Selta: Taxminiy tarkiblar