
Opta superkompyuteri 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon Chempionati asosiy favoritini Ispaniya terma jamoasi deb e'lon qildi. "Qizil furiya"ning chempionlik ehtimoli 17 foizga teng deb baholanmoqda.
Ispaniyadan keyingi o'rinlarni Frantsiya (14,1%) va Angliya (11,8%) egalladi. Hozirgi hisob-kitoblarga ko'ra, Iordaniya, Kurasao va Gaiti jamoalari chempionatda deyarli imkoniyatga ega emas.
Opta neyrotarmog'i ushbu jamoalarning muvaffaqiyatga erishish ehtimolini nolga teng deb baholadi. Ispaniya terma jamoasi turnirning guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay jamoalari bilan bir guruhda o'ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasidir. Frantsiya esa 2018 yilda chempionlikni qo'lga kiritgan bo'lsa, 2022 yilda kumush medal bilan kifoyalangan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.