date

Flik: Rafinya tiklanyapti, lekin ehtiyot bo‘lishimiz shart

Flik: Rafinya tiklanyapti, lekin ehtiyot bo‘lishimiz shart

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoaning muhim figuralaridan biri — Rafinyaning jismoniy holati haqida yangilik bilan o‘rtoqlashdi. Murabbiyning aytishicha, braziliyalik yarimhimoyachi asta-sekin formasiga qaytayapti, biroq hali ham ehtiyot choralari talab etiladi.

Flikning ta’kidlashicha, so‘nggi “Atletiko”ga qarshi o‘yin Rafinya uchun ayniqsa og‘ir kechgan:

“Rafinya bilan vaziyat nazoratda. U sekin-asta tiklanyapti, lekin hozir unga orttiqcha yuk tushirishni xohlamaymiz. ‘Atletiko’ bilan bellashuv barcha uchun qiyin bo‘ldi, ammo ayniqsa uning organizmi uchun bu o‘ta talabchan o‘yin bo‘ldi”, — dedi murabbiy klub matbuot xizmatiga.

Joriy mavsum Rafinya “Barsa” safida 11 ta o‘yinda qatnashib, 4 ta gol urgan va 3 ta assist amalga oshirgan. Uning o‘yini jamoa hujumida muhim rol o‘ynashda davom etmoqda.

Braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2028-yilgacha shartnoma tuzgan. “Transfermarkt” platformasiga ko‘ra, uning bozor qiymati hozirda 90 million yevroni tashkil etadi, bu esa uni Yevropadagi qimmatbaxo yarimhimoyachilardan biriga aylantiradi.

Rafinyaning to‘liq tiklanishi jamoa uchun albatta katta kuch bo‘ladi. Flik esa xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘ygan holda o‘ynaladigan minutlarni ehtiyotkorlik bilan taqsimlab borishni ma’qul ko‘rmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Flik: Rafinya tiklanyapti, lekin ehtiyot bo‘lishimiz shart