date

Arteta “Aston Villa”ga mag‘lubiyatdan keyin jamoa xatolarini ochiq tan oldi

Arteta “Aston Villa”ga mag‘lubiyatdan keyin jamoa xatolarini ochiq tan oldi

APLning 15-turida “Arsenal” safarda “Aston Villa”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng londonliklar bosh murabbiyi Mikel Arteta ӱyin haqida fikr bildirib, mag‘lubiyat sabablarini ochiqcha tilga oldi.

Arteta avvalo raqibni munosib o‘yini uchun tabrikladi:

«Biz bu bellashuvda yutqazganimizdan qattiq ranjidim, lekin eng avvalo “Aston Villa”ni tabriklayman — bugun ular mustahkam va jamoaviy o‘yin namoyish etdi. Birinchi taymda ayrim qiyinchiliklar bo‘ldi. Ayniqsa, to‘p nazoratini qo‘lga kiritar ekanmiz, kutilmagan yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ydik. Uotkins bilan bo‘lgan vaziyatda qoida buzilganini eslashim mumkin, qolgani esa juda kichik detallar».

Mutaxassis ikkinchi bo‘limdagi o‘yindan mamnunligini ham aytdi:

«Ikkinchi taymni juda faol boshladik. Vaziyatlar yaratdik, gol urib hisobni tenglashtirdik. Shu paytda bizda g‘alaba hissi paydo bo‘ldi. Raqib ikki marta xavfli individual xatoga yo‘l qo‘ydi — bu epizodlarda ular mag‘lub bo‘lishi ham mumkin edi. Biroq omad ular tomonida bo‘ldi. Biz esa yaratgan aniq golli imkoniyatlarni golga aylantira olmadik».

Ma’lumki, ushbu mag‘lubiyatdan keyin “Arsenal” ochkolarini 33 tada saqlab qoldi va ikkinchi o‘rindagi “Manchester Siti” bilan farq bor-yo‘g‘i 2 ochkogacha qisqardi. Chempionlik poygasi yanada qiziy boshladi.

Arteta jamoasi keyingi turda xatolarni takrorlamaslikka intilmoqda. Muxlislar esa “Arsenal”ning qanday javob qaytarishini katta qiziqish bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta “Aston Villa”ga mag‘lubiyatdan keyin jamoa xatolarini ochiq tan oldi