
Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Roman Pavlyuchenko Portugaliya terma jamoasi bilan birga Krishtianu Ronalduni 2026-yilgi jahon chempionida g‘olib bo‘lishini orzu qilayotganini ma’lum qildi. "Argentinaliklar va portugallar jahon chempionati pley-off bosqichida to‘qnash kelishi mumkinligini ko‘rdim.
Agar bu ro‘y bersa, ajoyib bo‘ladi. Men Ronalduning chempion bo‘lishini xohlayman, chunki Messi allaqachon jahon chempioni bo‘lgan", – dedi Pavlyuchenko Metaratings nashriga bergan intervyusida.
2026-yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika davlatlarida o‘tkaziladi. Turnir 11-iyun kuni boshlanib, 19-iyulga qadar davom etadi.
Musobaqa tarixida ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi. Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.
O‘tgan turnir finalida Lionel Messi boshchiligidagi jamoa penaltilar seriyasida Fransiya terma jamoasini mag‘lub etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.