Guti: Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonish qiyin boʻladi

Madridning "Real" klubi sobiq futbolchisi Guti joriy mavsumda "qirollik klubi"ning imkoniyatlari haqida oʻz fikrlarini bildirdi. "Men "Real Madrid"ning barcha sovrinlarni qoʻlga kiritishini umid qilaman, lekin Chempionlar Ligasida gʻalaba qozonish juda qiyin boʻladi.
Bu nafaqat "Real" uchun, balki "Barselona" va "Atletiko" uchun ham oson boʻlmaydi. "Manchester Siti" yana kuchli tarkib bilan qaytadi, "Arsenal" juda yaxshi jamoa, "Liverpul" esa katta oʻyinlarda ajoyib futbol namoyish qilmoqda.
Barcha uchun raqobat kuchli boʻladi. "Real" La Liga chempioni boʻladi deb ishonaman va umid qilamanki, ular Ispaniya Kubogini ham qoʻlga kiritadi", – deydi Guti Madrid Universal nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Ispaniya La Ligasida "Real" 15 ta oʻyin oʻtkazib, 36 ochko toʻpladi. Hozirda Xabi Alonsoning shogirdlari turnir jadvalida "Barselona"dan toʻrt ochko ortda qolgan holda ikkinchi oʻrinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing