Xabi Alonso "Real"ning kutilmagan mag‘lubiyatiga izoh berdi

Xabi Alonso "Real"ning kutilmagan mag‘lubiyatiga izoh berdi
Madridning "Real" klubi La Liganing 16-turida "Selta"ga kutilmaganda o‘z maydonida 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar safida Villiot Svedberg dubl qayd etib, 54 va 93-daqiqalarda gol urdi.

"Real"dan esa 64-daqiqada Fran Garsiya va 92-daqiqada Alvaro Karreras qizil kartochka olib maydonni tark etdi, natijada madridliklar uchrashuvni to‘qqiz kishi bo‘lib yakunlashdi. Xabi Alonso o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: "Natijadan qattiq asabiylashdik, chunki butunlay boshqacha yakun kutilgandi.

Militaoning jarohati vaziyatni keskin qiyinlashtirdi. Ko‘plab epizodlarda yetarlicha intensivlik ko‘rsata olmadik.

Yuz bergan voqeani tezroq unutib, oldinga intilishni davom ettirishimiz kerak. Bugun uch ochkoni boy berdik, ammo oldinda hali ko‘p o‘yinlar bor." "Real" hozirda turnir jadvalida peshqadam bo‘lgan "Barselona"dan to‘rt ochkoga orqada bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar