Fonsekaning diskvalifikatsiyasi tugadi

Paulu Fonseka «Lion» jamoasidagi faoliyatini boshlaganidan ko‘p o‘tmay olgan to‘qqiz oylik diskvalifikatsiyasini o‘tab bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis «Milan»dan bo‘shatilganidan so‘ng asabiy holatda, Fransiya chempionati doirasida «Brest»ga qarshi o‘yin davomida hakam bilan tortishuvga kirishgani uchun jazolangan edi.
Endilikda u to‘qqiz oylik tanaffusdan keyin o‘z faoliyatiga qaytdi va bu voqea yuzasidan izoh berdi. "Bu men uchun alohida lahza, nihoyat yana murabbiylik joyimga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ldim," - dedi Fonseka pianetamilan.it sayti orqali.
Hozirda «Lion» Fransiya chempionati jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing