Vergara: "Bunday o'yinda qatnashganimdan faxrlanaman"

Vergara: "Bunday o'yinda qatnashganimdan faxrlanaman"
"Napoli" Italiyaning A Seriyasi 14-turida "Yuventus"ni mag'lubiyatga uchratib, musobaqa jadvalida yana birinchi o'ringa qaytdi. Jamoaning 22 yoshli yarim himoyachisi Antonio Vergara asosiy tarkibda o'ynash imkoniyati berilganidan va bunday nufuzli uchrashuvda qatnashganidan faxrlanishini e'lon qildi.

"Bunday o'yinda, bunday kechada ishtirok etish faxr va esda qolarli lahzalar uchun sababdir", - deb yozdi yosh futbolchi o'z ijtimoiy tarmoq sahifasida. Endi "Napoli" navbatdagi turda "Udineze" jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, "Napoli" ayni paytda Italiya chempionati amaldagi g'olibi hisoblanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar