Van de Ven: Jamoa Frankka ishonadi

Van de Ven: Jamoa Frankka ishonadi
“Tottenhem” markaziy himoyachisi Mikki van de Ven jamoa bosh murabbiyi Tomas Frank haqida o‘z fikrlarini bildirdi. “Albatta, jamoa yaxshi natijalar ko‘rsatmasa, hamma murabbiyni ayblaydi.

U yangi klubga kelib, moslashishi kerak. “Tottenhem” “Brentford”dan farq qiladi.

Ammo bizning u bilan munosabatlarimiz yaxshi va jamoa unga ishonadi. U nima qilishni xohlashini biladi va biz ham uning istaklarini tushunamiz”, — deydi himoyachi jurnalist Rayan Teylor bilan suhbatda.

Tomas Frank joriy yil yozida “Tottenhem”ni boshqarishni boshlagan. 15-turdan so‘ng “shporlar” APL turnir jadvalida 22 ochko jamg‘arib, o‘ninchi o‘rinda joylashgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar