Gonsales: Jamoamiz ishlari tan olinmayapti

“Espanol” bosh murabbiyi Manolo Gonsales matbuot anjumanida o‘z jamoasining “Rayo Valyekano” ustidan qozonilgan g‘alabasidan so‘ng fikr bildirdi. La Liganing 15-turida o‘tgan ushbu uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
“Bu juda katta yutuq va bizga hech kim yetarlicha eʼtibor bermayapti. Jamoamizning qilayotgan ishlari haqiqatdan ham ajoyib, ammo bu eʼtirof etilmayapti.
Biz ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirdik: yuqori ligaga chiqish jarayoni, sinovlarga boy mavsum, deyarli yangi futbolchilarni jalb qilmasdan jamoani shakllantirish. Juda kam mablag‘ sarfladik, lekin bajargan ishlarimiz hayratlanarli darajada edi va bu tan olinishi kerak”, — dedi Gonsales.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Espanol” 27 ochkoga ega holda turnir jadvalining 5-pog‘onasida joylashdi. “Rayo Valyekano” esa 17 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!“Bu juda katta yutuq va bizga hech kim yetarlicha eʼtibor bermayapti. Jamoamizning qilayotgan ishlari haqiqatdan ham ajoyib, ammo bu eʼtirof etilmayapti.

Izohlar 0
…