
Italiya chempionati 14-turi markaziy uchrashuvida Turinning "Yuventus" klubi mehmondagi bahsda 2023-yilda Luciano Spalletti boshchiligida chempionlikni qoʻlga kiritgan "Napoli"ga magʻlub boʻldi. Turinliklar bosh murabbiyi Spalletti oʻyindagi muvaffaqiyatsizlik haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
"Ehtimol, "Napoli" maydonga gʻalabaga boʻlgan katta ishtiyoq bilan tushgan. Biz esa juda jurʼatsiz oʻynadik.
Futbolchilardan toʻpni koʻproq nazorat qilishlarini xohlagandim, bu raqibni noqulay holatga tushirishi mumkin edi. Ammo oʻrniga biz juda koʻp xatoga yoʻl qoʻydik", dedi Spalletti calcionapoli1926.it nashriga bergan intervyusida.
Keyingi turda "Yuventus" A Seriya doirasida "Bolonya" klubi bilan bahs olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.