Grinvud uchun 100 million yevro taklif etildi

Marsel hujumchisi Meyson Grinvud boshqa jamoaga o'tishi mumkin. Media Foot xabariga ko'ra, Saudiya Arabistonidagi bir klub 24 yoshli futbolchi uchun 100 million yevro taklif qilgan.
Marsel murakkab qaror oldida qolgan: Grinvud jamoa sport loyihasi uchun muhim o'rin tutadi, ammo moliyaviy nuqtayi nazardan bu taklif juda jozibador. Shuni ta'kidlash kerakki, Manchester Yunayted Grinvudning moliyaviy huquqlarining 50 foiziga ega.
Agar Marsel Grinvudni 100 million yevroga sotsa, bu mablag'ning yarmi Manchester hisobiga o'tadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing