Mbappe chap qoʻli barmogʻini sindirdi

Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasi doirasida "Selta"ga qarshi oʻyinda jarohat oldi. El Partidazo de COPE xabariga koʻra, futbolchining chap qoʻli ismsiz barmogʻi sinib ketgan.
Shunga qaramay, bu jarohat Mbappening Chempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi oʻyinda maydonga tushishiga toʻsqinlik qilmaydi. Biroq manbalarga koʻra, Eduardo Kamavinga va Din Xoysen ushbu oʻyinda qatnasha olmaydi.
Yakshanba kuni "Real" oʻz maydonida, "Santyago Bernabeu" stadionida "Selta"ga 0:2 hisobida magʻlub boʻldi. Xavi Alonsoning jamoasi "Manchester Siti"ga qarshi oʻyinni 10-dekabr, chorshanba kuni oʻtkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing