
Sobiq futbolchi va agent Barri Silkman 2003-yilda Krishtianu Ronaldu "Chelsi"ga o'tishi mumkin bo'lganini esladi. Bu voqea portugaliyalik yulduzning birinchi marta "Manchester Yunayted"ga o'tishidan oldin bo'lgan.
Barri Silkmanning aytishicha, u o'sha paytda Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan kelishuvga erishgan. Biroq, "Chelsi" transferni rad etgan.
O'shanda Ronaldu 3,5 million yevroga baholangan edi, ammo "Chelsi" bunga qiziqish bildirmagan. "Krishtianu mavsumoldi o'yinida "Manchester Yunayted"ga qarshi maydonga tushib, ularni hayratga solgan va natijada "Yunayted" unga 11,5 million yevro to'lagan.
Men Mendeshning 4 million yevroni cho'ntagiga solib qo'yganidan hayratda edim", - dedi Silkman The Telegraph nashriga bergan intervyusida. Bugungi kunda 40 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida to'p surmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.