date

Salahning chetlatilishi sababchisi aniqlandi


Mohamed Salah Chempionlar ligasining safardagi "Inter"ga qarshi oʻyiniga "Liverpul" tarkibiga kiritilmadi. Angliya klubi misrlik futbolchini Italiyaga olib ketmaslikka qaror qildi.

Bunga Salahning bergan shov-shuvli intervyusi sabab boʻldi. U jamoaning asosiy tarkibida oʻz oʻrnini yoʻqotganidan norozi boʻlib, bosh murabbiy Arne Slot va klubni tanqid qilgan edi.

Mashhur jurnalist Ben Jeykobsning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga koʻra, 33 yoshli Salahni tarkibdan chetlatish qarorini "Liverpul"ning sport direktori Richard Hyuz qabul qilgan. Hyuz murabbiy Slot bilan suhbatlashib, shunday xulosaga kelgan.

Salah ushbu masalada hech qanday muhokamalarda ishtirok etmagan. "Inter" va "Liverpul" Chempionlar ligasining guruh bosqichi 5-turida seshanba kuni, 9-dekabrda toʻqnash keladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Salahning chetlatilishi sababchisi aniqlandi