date

Xavi Alonsoning "Real"dagi soʻnggi imkoni


Dushanba kuni ertalab Madridning "Real" klubi shoshilinch yigʻilish oʻtkazib, jamoa bosh murabbiyi Xavi Alonsoning kelajagini hal etish masalasini muhokama qildi. Bu haqda EL MUNDO xabar berdi.

Manbaga koʻra, rahbariyat hozircha yakuniy qarorga kelmagan, chunki klub rahbariyati ikkiga boʻlingan. Maʼlum qilinishicha, Chempionlar ligasi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi boʻladigan yaqinlashib kelayotgan oʻyin Alonsoning "Real"dagi soʻnggi imkoniyati boʻlishi mumkin.

Avvalroq "Real" La Liganing 15-turida oʻz maydonida "Selta"ga yutqazib, "Barselona"dan toʻrt ochkoga ortda qolgandi. Oxirgi beshta uchrashuvda "Real" faqatgina bitta gʻalaba qayd etgan.

Shuningdek, Xavi Alonso jamoa ichida oʻz nufuzini yoʻqotib qoʻyganligi haqida xabarlar ham tarqalgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xavi Alonsoning "Real"dagi soʻnggi imkoni