date

Karvaxal hakamni qattiq tanqid qildi


Madridning "Real" klubi himoyachisi Daniyel Karvaxal "Selta"ga qarshi o'yinda hakamlikdan norozi bo'ldi. "Qirollik klubi" o'z maydonida 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi.

O'yinning ikkinchi bo'limida Xabi Alonso jamoasi ikki futbolchini yo'qotdi: 64-daqiqada Fran Garsiya, 92-daqiqada esa Alvaro Kareras maydondan chetlatildi. Jarohati sabab maydonga tusha olmagan Karvaxal o'yinni chetdan kuzatar ekan, hakamga nisbatan o'z noroziligini keskin ifoda etdi: "Dastlab siz shunday hakamlik standartlarini belgilaysiz, keyin esa matbuot anjumanlarida yig'laysiz", – dedi 33 yoshli futbolchi hakamga o'yin yakunida.

Bu gaplarni The Touchline nashri hakam hisobotiga asoslanib keltirdi. "Real" La Liga turnir jadvalida yetakchi "Barselona"dan to'rt ochko ortda qolmoqda.

Hozirgacha 16 tur o'tkazilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Karvaxal hakamni qattiq tanqid qildi