date

Salah uch klubga o'tishga tayyor


“Liverpul” jamoasining yulduz hujumchisi Muhammad Salah qishki transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Indykaila News jurnalistlari xabar berdi.

Manbaga ko'ra, misrlik forvard o'z faoliyatini boshqa yevropalik top-klublardan birida davom ettirishga tayyor. Salah Madridning “Real”i, Barselonaning “Barselona”si yoki Myunxenning “Bavariya”sidan takliflarni ko'rib chiqishi mumkin.

Shuningdek, u Saudiya Arabistoni chempionatida ham faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega. Avvalroq maʼlum bo'lganidek, hujumchi jamoaning UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi “Inter”ga qarshi o'yiniga ariza ro'yxatidan chiqarib tashlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Salah uch klubga o'tishga tayyor