Ronald Arauxo psixologik muammolar sababli Isroilga yoʻl oldi

“Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo soʻnggi oʻyinlarda psixologik muammolar sabab maydonga tusha olmadi. Mish-mishlarga koʻra, bu holat futbolchining faoliyatini yakunlashiga ham olib kelishi mumkin.
Arauxo ruhiy tiklanish uchun Tel-Avivga tashrif buyurishga qaror qildi. Futbolchi ushbu safar uning ruhiy holatini yaxshilashiga umid qilmoqda va u maydonga yangi kuch bilan qaytishni istaydi.
Eslatib oʻtamiz, Arauxo yaqinda “Chelsi”ga qarshi Chempionlar ligasi oʻyinida qizil kartochka olib, tanqidga uchragan edi. Oʻsha oʻyinda “Barselona” Londonda 0:3 hisobida magʻlub boʻlgan edi.
Kelasi seshanba kuni “Barselona” oʻz maydonida “Ayntraxt”ni qabul qiladi. Ushbu oʻyinni “Kamp Nou” stadionidan matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin boʻladi.