
Bavariya Chempionlar Ligasi guruh bosqichida navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Lissabonning Sporting jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda myunxenliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Bu natija Bavariyaning Chempionlar Ligasi guruh bosqichida o‘z maydonidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 37 o‘yinga yetkazdi. Ushbu seriya davomida Bavariya o‘z uyida 35 marta g‘alaba qozongan va 2 bor durang qayd etgan.
So‘nggi marta Bavariya Chempionlar Ligasining guruh bosqichida o‘z maydonida 2013-yil dekabr oyida mag‘lub bo‘lgan edi. O‘sha uchrashuvda myunxenliklar Manchester Siti jamoasiga 2:3 hisobida yutqazishgan.
Joriy mavsumda Bavariya Chempionlar Ligasi guruh bosqichida 6 o‘yinda 15 ochko to‘plagan. Yanvar oyida ular Belgiyaning Union va Niderlandiyaning PSV jamoalariga qarshi bahslarda maydonga tushishadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.