date

Eder Militao uch oyga safdan chiqishi mumkin


Madridning "Real" klubi markaziy himoyachisi Eder Militao "Selta"ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat olgan ko‘rinadi. Braziliyalik futbolchi maydonni 24-daqiqadayoq tark etdi.

Jarohat darhol jiddiy ekanligi taxmin qilingan, endi esa bu xavotirlar tasdiqlanmoqda. "Gazeta.ru"ning "Onda Cero"ga asoslanib xabar berishicha, futbolchi tizza osti payining shikastlanishi tufayli uch oyga safdan chiqishi mumkin.

Uchrashuvda "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning jamoasi 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. O‘yinning so‘nggi qismida "qaymoqranglilar" to‘qqiz kishi bilan qoldi: ikkinchi bo‘limda Frann Garsiya va Alvaro Kareras qizil kartochka oldi.

Eder Militao joriy mavsumda 16 ta o‘yinda bitta gol urib, bitta golli uzatma amalga oshirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eder Militao uch oyga safdan chiqishi mumkin