
Barselona o‘z tarkibini kuchaytirish rejasini amalga oshirmoqda. Transfer News Live nashrining Calciomercato portaliga asoslanib xabar berishicha, Kataloniya klubi Fiorentina hujumchisi Moize Kinni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining agentlari Barselona vakillari bilan muzokara o‘tkazishgan. Muzokaralarda futbolchini qishki transfer oynasida sotib olish masalasi muhokama qilingan.
Ma’lum qilinishicha, Moize Kinning transfer bozorida talab yuqori, ammo ushbu mavsumda hujumchining samaradorligi past bo‘lgan. U 16 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan va 3 ta golli pas bergan.
Italiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan Moize Kinni Transfermarkt portali 50 million yevro miqdorida baholamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.