date

Tyerri Anri Salohni jamoani qo‘llamaslikda tanqid qildi


Mashhur sobiq futbolchi Tyerri Anri "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohni tanqid qildi. Misrlik futbolchi yaqinda asosiy tarkibga kiritilmagani borasida ommaviy norozilik bildirgan edi.

"Mening ham murabbiylarim – Arsen Venger va Pep Gvardiola bilan muammolarim bo‘lgan. Lekin hech qachon bu haqda omma oldida gapirmaganman.

Men klubni himoya qilganman. Agar klubni vakillik qilayotgan bo‘lsang, uni har qanday holatda himoya qilishing kerak.

Jamoa ichida nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, klubni, jamoadoshlarni, murabbiy va xodimlarni himoya qilish muhim. Ha, sen g‘azablanishing, xafa bo‘lishing yoki rozi bo‘lmasliging mumkin.

Lekin bu his-tuyg‘ularni oshkora ko‘rsatish yaramaydi, ayniqsa klub qiyin vaziyatda bo‘lsa. Har qanday masalani jamoa ichida hal qilish kerak.

Keyin, agar ketishni yoki fikr bildirib o‘zingni namoyon qilishni istasang, buni to‘g‘ri vaqtda qilishing lozim. Men Muni (Saloh) tushunaman.

U 38 ta gol urgan va hozir zaxirada. Lekin shunday holatlar keladiki, jamoani o‘zingdan ustun qo‘yishing kerak», – dedi Anri CBS Sportsga bergan intervyusida.

Muhammad Saloh seshanba kuni "Inter"ga qarshi o‘yinda ishtirok etmadi. Futbolchi Italiyaga olib ketilmadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Tyerri Anri Salohni jamoani qo‘llamaslikda tanqid qildi