Serxio Ramosga Manchester Yunayteddan taklif tushdi

Himoyachi Serxio Ramos yaqinda Meksikaning "Monterrey" klubidan ketdi va hozirda yangi jamoa izlayapti. OAV xabarlariga ko‘ra, Ramos Yevropaga qaytishni xohlaydi va Ispaniya terma jamoasi tarkibida jahon chempionatida qatnashish niyatida.
Transfer News Live radiosining Cadena SER manbasiga tayanib xabar berishicha, Ramos faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, 39 yoshli himoyachiga "Manchester Yunayted" klubi taklif bilan chiqqan.
"Qizil iblislar" uni yanvar oyida jamoaga qo‘shishni rejalashtirishmoqda. Serxio Ramos asosan "Real Madrid"dagi faoliyati bilan tanilgan.
Bundan tashqari, u Yevropada "Sevilya" va "PSJ" klublarida ham o‘ynagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing