
Madridning "Atletiko" jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar Ligasi doirasida PSVga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Uchrashuvda "matraschilar" 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
"Atletiko" o‘yinning 10-daqiqasida gol o‘tkazib yubordi, ammo tanaffusgacha Xulian Alvaresning goli evaziga hisobni tenglashtira oldi. Ikkinchi bo‘lim boshida David Ganko va Aleksandr Serlot tomonidan kiritilgan gollar "Atletiko"ga uch ochko olib keldi.
Mezbonlar esa faqat o‘yin oxirida tasalli golini urishga muvaffaq bo‘lishdi. "Biz o‘yinning boshidan boshlab yuqori pressingda harakat qildik, ammo PSV qarshi hujumda gol urdi.
Biz rejadan voz kechmadik va darvozabonni ham bosim ostiga olishda davom etdik. O‘ylaymanki, 90 daqiqa davomida to‘liq ustunlikka ega bo‘lishga qodir jamoa yo‘q.
Bu Chempionlar Ligasi, ba'zan raqib tashabbusni o‘z qo‘liga oladi. Biz bir daqiqa ham bosimni kamaytirmadik, bu meni juda quvontiradi.
O‘yin 3:3 yoki 4:2 hisobida tugashi ham mumkin edi", – deydi Simeone UEFA matbuot xizmati orqali. "Atletiko" umumiy bosqichda oltita o‘yindan keyin 12 ochko to‘pladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.