date

Gvardiola Madrid safari arafasida yashirin xavotirini yashirmadi

Gvardiola Madrid safari arafasida yashirin xavotirini yashirmadi

Yevropa futboli ishqibozlari ortiqcha intizorlikka qiynalmayapti — bu tun Chempionlar ligasining markaziy to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi. “Manchester Siti” ushbu haftada bu turning eng keskin va qaynoq qarama-qarshiliklaridan biri — “Real” mehmoni sifatida Madridga keldi. Ushbu bellashuv oldidan jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola odatdagidek sokin, lekin juda fikrli tarzda matbuot ahliga javob qaytardi.

Uning klubi o‘tgan mavsumda aynan shu bosqichda “qirollik” jamoasiga ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lib musobaqani tark etgandi — 3:2 va 3:1. Shu bois, bu uchrashuv ayrimlar uchun “qasos o‘yini”dek tuyulsa-da, Gvardiola bu fikrdan yiroqligini yana bir bor ta’kidladi.

“Qasos yoqmaydi. Biz o‘z o‘yinimizga e’tibor qaratamiz”

Jurnalistlar Kabilian Mbappening jarohati “Siti” uchun yengillik berishi haqida so‘rashdi.

Gvardiola esa oddiy va samimiy javob qaytardi:

“Men Mbappesiz ham ‘Real’ga qarshi ko‘p marta o‘ynaganman. Ular baribir kuchli. Biz raqibga emas, o‘zimizga e’tibor berishimiz kerak. ‘Qasos’ degan tushuncha menga yoqmaydi. Kareramda ularni ham yengganman, ham yutqazganman”.

Uning ta’kidiga ko‘ra, ertangi bahs “Siti” uchun katta sinov va bag‘oyat muhum tajriba bo‘ladi. Jamoa unga jiddiy hozirgarlik bilan kelmoqda.

Mbappe o‘ynamasa ham qiyinchiliklar yetarli

Gvardioladan yana bir savol: Mbappening maydonga tushmasligi o‘yinga qay darajada ta’sir qiladi?

“Albatta, Mbappe — o‘ziga xos futbolchi, juda muhim figura. Lekin u bo‘lmasa ham Vinisius, Rodrigo kabi tezkor va xavfli ijrochilar bor. ‘Real’ qaysi tarkibda o‘ynashi muhim emas — biz uchun baribir oson kechmaydi”.

U shuningdek “Santyago Bernabeu” atmosferasini alohida eslab o‘tdi. Unga ko‘ra, bu stadion yevropadagi eng bosimli arenalardan biri va har gal mehmon jamoalar uchun jiddiy sinov hisoblanadi.

“Realga qarshi har bir o‘yin — alohida kurash”

Gvardiola bu mavsum “Real” o‘tgan yildagidan kuchlimi, degan savolga ham javob berdi:

“Rostini aytsam, ularning bungacha ko‘p o‘yinlarini ko‘rmaganman. Biz tahlil qilgan narsalarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" pressingni kuchaytirgan, birga-bir vaziyatlarda ham faolroq. Lekin keng ko‘lamda aniq fikr aytish qiyin”.

Shu bilan birga u yana bir haqiqatni tan oldi — Chempionlar ligasida jamoalarning formasi yoki statistikasi deyarli ahamiyatsiz. Chunki bunday o‘yinlarda “Real” doim o‘zini yanada boshqacha namoyon qiladi.

Oldinda hayajonli tun turibdi

Gvardiola oxirgi so‘zida yangi to‘qnashuvdan quvonchini yashirmadi:

“Ertangi bahs hayajonli bo‘ladi. ‘Real’ bunday kechalarda o‘z o‘yinini yanada kuchaytiradi. Biz tayyorlandik va bunga tayyormiz”.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv bugun tungi soat 01:00, Toshkent vaqti bilan start olishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Madrid safari arafasida yashirin xavotirini yashirmadi