date

Aston Villa 19 yoshli braziliyalik uchun taklif berdi

Aston Villa 19 yoshli braziliyalik uchun taklif berdi
Braziliyaning "Gremio" klubi hujumkor yarim himoyachisi Eduard Alisson faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bolavip Brasil xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "Aston Villa" 19 yoshli futbolchini sotib olish uchun rasmiy taklif yuborgan. Transfer qiymati 12 million yevroni tashkil qilishi kutilmoqda.

Ta’kidlash joiz, yozgi transfer oynasida Alissonni Moskvaning TsSKA va "Dinamo" klublari xarid qilishni xohlashgan edi. 2023-yilgi mavsumda Alisson barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Uning "Gremio" bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 5 million yevro deb baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aston Villa 19 yoshli braziliyalik uchun taklif berdi