Marselo: 'Barselona'ga qarshi 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat eng og‘iri edi

Marselo: 'Barselona'ga qarshi 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat eng og‘iri edi

Marselo: 'Barselona'ga qarshi 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat eng og‘iri edi
Braziliya terma jamoasi va Madridning 'Real' klubi sobiq futbolchisi Marselo o‘z karerasidagi eng og‘ir o‘yin haqida so‘zlab berdi. 'Ushbu o‘yin 2010 yilda 'Barselona'ga qarshi bo‘lib o‘tgan edi.

Biz o‘shanda 'Kamp Nou'da 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldik. Butun jamoa xuddi bog‘langan ko‘zlar bilan maydonga tushgandek edi.

Maydonda to‘pni deyarli ko‘rmagandik. O‘shanda bizga qarshi Messi, Xavi, Inyesta va Pedro kabi yulduzlar o‘ynagandi.

Ayniqsa, Pedro o‘sha paytlarda juda kuchli edi', - dedi Marselo Under The Goalposts podkastida. Eslatib o‘tamiz, Marselo 2007 yildan 2022 yilgacha 'Qirollik klubi' sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, u Braziliyaning 'Fluminense' va Gretsiyaning 'Olimpiakos' klublarida ham to‘p surgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Ravshan
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar