
Manchester Yunaytedning 24 yoshli markaziy hujumchisi Joshua Zirkzee faoliyatini Italiya A Seriyasining Roma klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sport Italy xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, Roma klubi niderlandiyalik futbolchini transfer qilish borasida muzokaralarni boshlagan. Ammo Gazetta dello Sportning yozishicha, Rim klubi Zirkzeeni faqatgina Braayton hujumchisi Evan Fergusonni ijaraga olish jarayonini yakunlaganidan so‘ng sotib olishni rejalashtirmoqda.
21 yoshli irlandiyalik Ferguson bu mavsumda Romada 14 o‘yinda bir gol urib, bir golli uzatma amalga oshirdi. Shuni ta'kidlash kerakki, Zirkzeening ham Manchester Yunayted safidagi 9 o‘yinida faqat bir gol mavjud.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko‘ra, Zirkzeening transfer qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.