
Milan futbol klubi prezidenti Paolo Skaroni fevral oyida Avstraliyada Como klubiga qarshi rejalashtirilgan o‘yin bo‘yicha xavotirlarini bildirdi. "Avstraliyadagi Como bilan o‘yin haqida tashvishda bo‘lib qoldim.
Agar bu o‘yin bekor qilinsa, bu katta imkoniyatni boy berish bo‘ladi. Bizning maqsadimiz A Seriyani jozibador qilishdir.
Bizning liga yiliga 200 million yevro daromad qiladi, La Liga esa 700–800 million yevro, Premyer Liga esa 2,2 milliard yevro daromad oladi. Biz bu farqni qisqartirishimiz kerak", – deya Skaronining so‘zlarini keltiradi TuttoMercatoWeb.
Hozirda Milan Italiya chempionati turnir jadvalida birinchi o‘rinda joylashgan bo‘lib, Napoli klubini qo‘shimcha ko‘rsatkichlar asosida ortda qoldirmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.