
Sobiq "Real" hujumchisi Garet Beyl "Oltin to‘p" mukofotini yutmagani sabablari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Beylning fikricha, ushbu mukofot faqat maydondagi o‘yin bilan emas, balki media maydonida ham obro‘ga ega bo‘lishni talab qiladi.
"Menimcha, 'Oltin to‘p' bu faqat o‘yindan iborat emas. Sizda media olamida ham o‘z imidjingiz bo‘lishi kerak.
Men buni boshqacha bo‘lishini xohlardim, lekin haqiqat shunday. Men ba’zi yillarda dunyoning eng yaxshilaridan biri bo‘lganimni bilaman, lekin menga tashqi tan olish kerak emas edi.
Men hech qachon 'Oltin to‘p'ga intilmaganman", – dedi Beyl GQ nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Garet Beyl 2023 yil boshida futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Uning faoliyatidagi so‘nggi klubi AQShning "Los-Anjeles" jamoasi bo‘ldi. Shuningdek, u avval "Sautgempton", "Tottenhem" va "Real" klublarida ham o‘ynagan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.