
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rivaldo 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida "selesao"ning Shotlandiya bilan bir guruhga tushganiga o‘z munosabatini bildirdi. "Shotlandiya – men yaxshi biladigan raqib.
Men ularga qarshi 1998-yilgi Jahon chempionatida o‘ynaganman. O‘yinning boshida Braziliya uchun biroz qiyin kechishi mumkin, ammo Shotlandiyaning Braziliya kabi futbol an’analari yo‘q.
Albatta, barcha raqiblarga hurmat bilan yondashishimiz kerak, lekin Braziliya – bu Braziliya. Biz o‘z o‘yin uslubimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishimiz kerak.
Braziliyalik sifatida men guruh bosqichini osonlik bilan bosib o‘tishimizga ishonaman, ammo raqiblarga hurmat saqlanadi", – dedi Rivaldo One Football nashriga bergan intervyusida. Eslatib o‘tamiz, Rivaldo Braziliya terma jamoasi bilan 2002-yilda Jahon chempioni bo‘lgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.